Toşkentdagi “Özbekiston” sport majmuasida ötkazilgan mamlakat çempionatida 392 dzyudoçi 14 vazn toifasida bellaşdi.

Erkaklar örtasida qoraqalpoğistonlik Şarofiddin Boltaboyev, samarqandlik Muhammadkarim Xurramov, buxorolik Erkin Doniyorov, poytaxtlik Şuhrat Töraboyev, Abdujalil Yusupov, qaşqadaryolik Muhriddin Tilovov, Toşkent viloyatidan Mirzohid Farmonov va xorazmlik Boltaboy Boltayev öz vazn toifasida oltin medalni qölga kiritdi.

Xotin-qizlar bahsida xorazmlik Muhayyo Ibrohimova, navoiylik Umida Saidova, samarqandlik Nodira Gulova, Diyora Keldiyorova, poytaxtlik Omongul Allanazarova va xorazmlik Kumuş Roziqova şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildi, deb xabar beradi ÖzA.