Bir neça yillar davomida Internet Explorer jahonda eng yaxşi brauzer maqomida böldi. Ammo tahlilçilarning fikriga köra, 2016 yilning may oyiga kelib, Google Chrome brauzeridan foydalanuvçilar soni Internet Explorer’dan oşib ketişini aytişmoqda.
Aksari odamlarning fikriça uşbu brauzer reytingining tuşib ketişi, Windows 10 tizimida paydo bölgan Edge brauzeri bilan boğliq. Ayrim ma'lumotlarga köra, Windows 10 tizimi foydalanuvçilarining 14 foizigina Edge, deyarli 60 foiz foydalanuvçisi esa Chrome brauzeridan foydalanadi.
Edge brauzerining omadsizligi esa unda uçraydigan köplab texnik xatolar bilan ifodalangan. Microsoft barça nosozliklarni şu yilning özida bartaraf etişga va'da berdi. Edge’ning ham bir qator yaxşi tomonlari bor, ammo foydalanuvçilar köp funksiyali Chrome va Firefox brauzerlaridan foydalanişni afzal bilişadi.






