Milliy matbuot markazida Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan kuraş sport turini yanada keng tarğib etiş, uni örgatişning zamonaviy va qulay vositalarini joriy qiliş maqsadida işlab çiqilgan «Kuraş elektron qöllanmasi» taqdimoti bölib ötdi.
Hozirgi kunga qadar kuraş qoidalari, texnika va taktikasi qöllanmasi 50 dan ziyod tilda çop etilgan. Jahon sport jamoatçiligining kuraşga qiziqişi va uni örganişga bölgan talabini inobatga olib, assotsiatsiya tomonidan elektron qöllanma loyihasi işlab çiqildi hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining granti evaziga amalga oşirildi, deb xabar beradi ÖzA.
Qöllanmada kuraş xalqaro qoidalari va usullari, kuraş tarixi, etikasi, musobaqalar taşkil etiş va ötkaziş qoidalari ovozli, matnli, surat va videotasvirli tarzda özbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.
Hozirda 120 dan ziyod mamlakatda kuraş federatsiyalari, barça qit'alarda kuraş konfederatsiyalari faoliyat yuritmoqda.






