Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 martdagi tegişli qaroriga asosan Rustamov Odilxon Boqiyeviç «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi raisi etib tayinlangan. Şu munosabati bilan u Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Soliq qömitasi sayti xabar bergan.
O.Rustamov davlat soliq xizmati tizimida 1993 yildan beri turli lavozimlarda, 2001-2005 yillarda Toşkent şahar Çilonzor, Uçtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2005-2009 yillarda Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boşqarmalari boşliği lavozimlarida işlagan.
U Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimiga esa 2009 yilning mart oyida tayinlangan edi.
Rustamov Odilxon Boqiyeviçning davlat soliq xizmati organlaridagi samarali faoliyati davlatimiz tomonidan yuqori baholanib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 27 avgustdagi farmoniga muvofiq davlatimizning yuksak mukofoti «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
Bundan oldinroq, Özbekiston prezidentining 18 fevraldagi qarori bilan Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi tugatilib, «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi taşkil qilinişi haqida xabar berilgandi.





