Toşkent davlat şarqşunoslik instituti talabalari örtasida sportning bouling turi böyiça institut miqyosida çempionati taşkil etildi. Unda 50 nafardan ziyod talaba iştirok etdi. Çempionat Toşkent şahrida joylaşgan The Bowler klubida "Big Bear" savdo belgisi bilan xamkorlikda bölib ötdi.

Jamoalar 4 iştirokçidan iborat böldi. Umumjamoa hisobida "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatşunoslik" fakulteti talabalaridan taşkil topgan jamoa 1110 ball bilan ğolib böldi (Raimov Javlon, Valiyev Ziyovuddin, Baxtiyorov Şoxruz, Raximov Anvar).

Öğil bolalar örtasida 3-örinni "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatşunoslik" fakulteti 3-bosqiç talabasi Raximov Anvar 154 ball bilan egalladi. 2-örin "Şarq filologiyasi" fakulteti 1-bosqiç talabasi Akbarov Muxammad Boburga 160 ball bilan nasib etdi. 1-örinda esa "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatşunoslik" fakulteti 3-bosqiç talabasi Karimov Jasur 202 ball bilan ğolib böldi.

Qiz bolalar örtasida 3-örinni "Şarq filologiyasi" fakulteti 1-bosqiç talabasi Inogamova Guzalya 77 ball bilan egalladi; 2-örin şu fakultetning 1-bosqiç talabasi Sobirova Madinaga 89 ball bilan nasib etdi. 1-örinni esa "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatşunoslik" fakulteti 1-bosqiç talabasi Zaynobiddinova Nozima 106 bilan qölga kiritdi.

Ğoliblar fahriy yorliq va esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.

Nafosat Zafarova, TDŞI talabasi