New Horizons stansiyasi Pluton çöqqilarida metan qorlari yiğilgan toğ zanjirlarini topdi. Ekzotik relflar norasmiy nomlangan Ktulxu mintaqasida joylaşgan. Bu haqida NASAning rasmiy saytida xabar berilgan.
Örganilgan toğ yon bağri Ktulxu janubiy-şarqida joylaşgan bölib, balandligi 420 kilometrni taşkil qiladi. Uning eng yuqori qismi krater va çöqqilar ketma-ketligini öz içiga oladi.
Olimlar taxmin qilişiça, qor Pluton atmosferasining yuqori qismida muz körinişida çökuvçi metan bilan şakllangan. Past çöqqilarda bu kabi körinişlar kuzatilmadi.
Olimlar tomonidan taqdim etilgan surat hajmi pikseliga 680 metrni taşkil etadi. Suratda uzunligi 450 kilometr va kengligi 225 kilometr bölgan mitti sayyoraning yuza maydoni tasvirlangan. Bu tasvir New Horizons Pluton sayyorasidan 33,9 ming kilometr masofadan, unga maksimal darajada yaqinlaşişga 45 minut qolganda suratga olingan.
Ktulxu mintaqasi mitti sayyora ekvatorining ğarbiy qismidan yoyilib, Sputnik platosidan boşlanadi. Mintaqa uzunligi uç ming kilometrga yetadi, kengligi esa 750 kilometrga teng. Bu ölçam AQŞning Alyaska ştatining ölçamidan bir oz köproq.
New Horizons sayyoralararo stansiyasi 2015 yilning 14 iyulida Plutonga eng yaqin masofaga yaqinlaşgan va 2019 yilga kelib, 2014 MU69 planetoidiga yaqinlaşadi. Stantsiyaning asosiy vazifalaridan biri, Pluton sayyorasi va uning yöldoşi Xaronni örganib çiqiş hisoblanadi.







