AlphaGo komyuter dasturi ommaviy ravişda ötkazilgan beşta matçdan birinçisida go öyinining dunyodagi eng yaxşi öyinçisi bölgan Li Sedolni mağlub qildi.

Uşbu matç töğridan-töğri translyatsiya qilingan.

Google Deepmind işlab çiqqan uşbu ğalaba dasturi kompyuter go öyini ustalarini yenggan ikkinçi holat sifatida qayd etildi. Avvallari sun'iy idrok inson bilan tengma-teng öynaş uçun bir neça ön yillar kerak böladi, deb hisoblanardi.

Koreyalik Li Sedol go öyinining eng yaxşi ustalaridan, hozirgaça u 800dan ortiq turnirda ğolib bölgan.

AlphaGo va Li Sedol örtasida umumiy hisobda beşta matç bölib ötadi. Ğolib bir million dollarni qölga kiritadi. Agar Google öyinda yutib çiqsa, mukofot pullarini xayriya işlariga sarf qilmoqçi.

Ma'lumot uçun: Go (yap. 碁; şuningdek, xit. 围棋 veytsi, kor. 바둑 paduk) —çuqur strategik mazmunga ega mantiqiy öyin. Har xil manbalarga asosan, 2 mingdan 5 mingaça yillar avval Qadimiy Xitoyda vujudga kelgan. XIX asrgaça faqat Şarqiy Osiyoda, XX asrda butun dunyo böylab tarqalgan. Jahonning eng maşhur beşta zakovat öyinlaridan bittasi hisoblanadi.