Tayoq bilan sakraş böyiça ikki karra olimpiya çempioni Yelena Isinbayeva meldoniy qabul qilişda ayblanayotgan Rossiya sportçilarini uning buvisi ham şu dorini qabul qilişini ta'kidlab, ularni qöllab-quvvatladi. Bu haqida u özining Instagramdagi sahifasida e'lon qildi.
«Axir bu juda kulguli. Mening buvim ham meldoniyni oxirgi olti-yetti yildan beri qabul qiladi, lekin «superbuvi» bölib qolganlari yöq. Ularga heç qanday ğayritabiiy xususiyatlar va çidamlilik köşilgani yöq. Endi sportçilarga gematogen va askorbinkani ham taqiqlaşlarini kutib qolamiz», - deb yozgan Isinbayeva.
7-8 mart kunlari bir qança maşhur Rossiya sportçilari doping qabul qilganliklari böyiça tortişuv çiqqan. Ularning orasida dunyoning sobiq birinçi raketka ustasi bölgan Mariya Şarapova, ot çoptiriş böyiça beş karra çempion Pavel Kulijnikov, 2014 yil Olimpiadasida estafetaning şort-trek böyiça ğolib bölgan Semen Yelistratov, Soçi-2014 olimpiya çempioni figuraçi Yekaterina Bobrova, şuningdek, Rossiyaning voleybol terma jamoasi va «Dinamo» öyinçisi Aleksandr Markinlar ham bölgan.
Meldoniyning yaratuviçisi latviyalik Ivan Kalvinş uni doping deb hisoblaşlariga qarşi çiqdi. Uning ta'kidlaşiça, dori yurakni zöriqişlardan saqlaydi xolos va taqiq inson huquqlarini buzilişi deb hisoblaydi.







