«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal Yevropa Ligasining navbatdagi bosqiçi doirasida «Liverpul»ga qarşi keçadigan bahs oldidan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Liverpul» «Mançester Yunayted»ga qarşi – şuning özi hamişa jozibador viveskaga öxşaydi. Qadimdan şunday bölib kelgan. Bu safargi töqnaşuv ham har ikki jamoa uçun öta muhim, turnirda ğalaba qozoniş orqali «Liverpul» yoki «Mançester Yunayted» keyingi mavsumda YeÇLda iştirok etiş uçun yöllanmaga ega böladi», – deydi murabbiy.

Van Gaal muxlislarning kayfiyati haqidagi fikrlarini ham bildirib ötgan.

«Angliyada futbol kişilarning hayotiga boşqa joylardagiga qaraganda çuqurroq kirib borgan. Albatta men Ispaniya va Germaniyada ham şunga yaqin holatni körganman, lekin bu ölkalarni soliştirib bölmaydi, Angliyada bu borada sezilarli farq bor. Meni Angliyaga kelib işlaşga undagan sabablardan biri ham şu.

Men bu yerga kelganimdan keyin vaziyat kutganimdan ham ortiq ekanini kördim. Lekin bu menga yoqdi, çunki bunda har bir uçraşuvda muxlislar sen bilan bölişini his qiliş mumkin. Futbolçilar uçun ham, murabbiy uçun ham bu ajoyib hissiyot.

Barça ham «Liverpul»ni duşman deb bilmaydi, ba'zilar esa bu jamoaga va muxlislariga yovga qaragandek qaraşadi. Lekin menda bunday emas. Men hisoblaymanki, «Liverpul» –odatdagi raqib xolos va muxlislar bu raqibni yengişimizni istaşmoqda», – deydi gollandiyalik mutaxassis.