Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi farmoyişiga muvofiq ötkazilayotgan obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş oyligi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida 21 ming tupga yaqin turli manzarali daraxt köçatlari ötqaziladi. 50 gektardan ziyod maydonga 13 mingdan ortiq gul köçatlari ekiş va turfa gullar uruğini sepiş rejalaştirilgan.

Ayni paytga qadar Nukus şahar obodonlaştiriş boşqarmasi tasarrufidagi 137 kilometr ariq va 24 suv nasosi ta'mirlandi. 2,2 kilometr yopiq gorizontal drenaj tozalandi. Köça va xiyobonlarni yoritadigan 221 kilometrlik elektr tarmoqlarining holati tekşiruvdan ötkazildi. 245 markaziy va içki köçalarga 6 ming 614 dona yoritgiç, “Döstlik guzari” köçasi va Amfiteatrga 38 dona projyektor örnatildi. Eskirgan köça yoritgiçlari energiya tejaydigan zamonaviylariga almaştirildi, deb yozadi ÖzA.

Aholi uçun yanada qulaylik yaratiş maqsadida köp qavatli uylar qoşida maxsus zamonaviy çiqindixonalar taşkil etilgan. Ular suyuq va qattiq çiqindilar uçun alohida maxsus konteynerlar bilan ta'minlangan.

Boşqarma tomonidan şahar hududidagi 12 qabriston ham obodonlaştirilmoqda.