AQŞ hukumati Nyu-York töğoniga uyuştirilgan kiberataka tufayli Eronga nisbatan rasmiy ayblov tayyorlamoqda. Bu haqda tergov işlari bilan yaqindan taniş rasmiy şaxslarga asoslanib CNN xabar berdi.
Xabarlarga köra, Adliya vazirligi uşbu hujumni taşkillaştirişga aloqador bölişi mumkin bir neça şaxsga nisbatan ayblov hukmini tayyorlagan.
2013 yili sodir bölgan kiberataka töğon faoliyatini boşqaruvçi operatsion tizimga emas, bek-ofisga yönaltirilgan. Şunga qaramay, voqea jiddiy qabul qilindi, zero, AQŞ infratuzilmasi kiberxavfsizligiga tahdid qilingan edi.
Obama ma'muriyati ayblov e'loni bilan kelgusi haftada çiqiş qiladi.







