Avstraliyalik biologlar qit'aning şarqi Kvinslend ştatida çuçuk suvlarda kun köruvçi yangi örgimçak turini kaşf etişdi.
Uning ğaroyibligi şunda-ki, u boşqa ajdodlaridek in solmaydi, öz qurbonlari haqida esa suv yuzasining tebranişidan bilib oladi.
Olimlar bu yangi turni atoqli amerikalik fizik olim Brayan Grin şarafiga Dolomedes briangreenei deb ataşga qaror qilişdi.
Kvinslend muzeyi tadqiqotçi-araxnologi Robert Reyven sözlariga köra, qisqaça ismi Brayan bölgan bu örgimçak suzişni, suv yuzasida sirpanişni va şönğişni biladi. Odatda u suv yuzasida haşorotlarni kutib qotib turadi. Öljasiga taşlanib uşlab oladi, zahari bilan karaxtlaydi va çöktiradi, keyin qirğoqqa qaytib iste'molni boşlaydi.
Örgimçak bir soatgaça suv ostida yura oladi. Hajmi özidan uç barobargaça katta bölgan haşorot, baliqçalarni yenga oladi. Qolaversa, u odamlar uçun unça xavf tuğdirmaydi.







