Germaniya kansleri Angela Merkel har oy 3 mingga yaqin iroqlik Germaniyadan Iroqqa jönatilişini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Ayni vaqtda Iroqdagi şaharlar IŞIDdan ozod qilingandan keyin har oyda Iroqqa 3 ming qoçqin qaytarilmoqda va bu tendensiya oşmoqda", deb aytdi Merkel Baden-Vyurtemberg federal yerida ötgan tadbirda.

Merkelning aytişiça, aynan şuning uçun Suriya va Iroqda barqarorlikni ta'minlaş va qon tökişlarga çek qöyiş kerak.

Merkel har qaysi qoçqin ham Germaniyada qolmasligini, köpçilik qoçqinlar yaqinlari "bu yerga kela olmaganlari va yaqin orada kela olmasliklari" sababli öz oilalari bilan vatanlariga qaytişni istayotganlarini aytdi.

Kantsler Suriya böyiça Jyenevada ötkazilgan muzokaralarni muhim deb atadi, çunki "ular odamlar ortlariga qayta olişlariga umid beradi".

Avvalroq Germaniya hukumati mamlakatga 2016 yilda 500 mingga yaqin qoçqin kelişini kutayotgani ma'lum qilingandi.