Rossiyalik futbol şarhlovçisi Vasiliy Utkin bir qator rossiyalik sportçilarni jazolanişiga sabab bölişi mumkin bölgan meldoniy dori vositasini iste'mol qilib körişga qaror qildi.

«Butun dunyoda iste'mol qilinadigan yaxşi va foydali dori vositalari u qadar köp emas. Bizda bir paytlari boşqirdça asal va qayin daraxti şarbati foydali ekani kaşf qilingandi. Qabul qilinmagan, aynan kaşf qilingandi.

Eng açinarlisi biz özimiznikilarni himoya qilişni bilmaymiz. Buning örniga parket ustiga çiqvolib, olimpiyaçilar uçun bal taşkil qiliş uçun özimizning metodikamiz va ilm-fanimiz yutuqlarini himoya qilişga ötib olamiz.

Sportçilar ekstremal yuklamalar natijasida qandaydir dori preparatlari yordamisiz özlarini tiklab olişlari juda qiyin. Qanday preparatlar bilan ekanini esa kimdir kuzatib borişi kerak.

Hozir esa yaxşi dori vositalari va sportçilarni himoya qilmaganlarni jazolaş kerak. Mildronat haqida juda köp ma'lumotlarni bilib oldim va yurak muşaklarim faoliyatini tartibga soliş uçun uni iste'mol qilişga qaror qildim», – deya ta'kidladi Utkin.