Londonning «Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Vengerning qayd etişiça, muxlislar hamişa köproq sovrinlar xohlaşadi.

«Muxlislar hamişa yanada köproq sovrinlar yutişingni istaşadi. Şu vaqtgaça yutilgan sovrinlar ularga kamdek körinadi.

Qaçonki biz heç qanday yutuqqa erişa olmaganimizda, ular şunday hayqirişadi: «Ey xudoyim, «Arsenal» hatto Angliya Kubogini ham qölga kirita olmaydi!» deyişadi. Qaçonki uni özimizniki qilganimizda, bu ularning parvoyiga ham kelmaydi va bu sovrin uçun olqişlaşmaydi. Ular köproq narsa xohlaşadi.

Agar tarixga nazar solsak, «Arsenal» Angliya Kubogini hammadan köp marta qölga kiritgan — 12 marta. Şundan 6tasi men jamoaga kelganimdan keyin», — deydi Venger.

Ayni vaqtda, 29 tur öyinlaridan keyin «Arsenal» APL turnir jadvalida peşqadam «Lester»dan 8 oçko ortda qolgan holda uçinçi örinda bormoqda. Angliya Kubogining çorak finalida esa jamoa «Uotford»ga qarşi öynaydi. YeÇL nimçorak finalidagi «Barselona»ga qarşi birinçi öyin 0:2 hisobida boy berilgan.

Bundan oldinroq, jamoa xöjayini Sten Kronke klubni sovrinlar qölga kiritiş uçun emas, pul işlaş uçun sotib olgani haqida aytgandi.