Qon aylanişining buzilişi – qöllarning sovuq holatga olib keluvçi eng köp tarqalgan alomat.
Qöl uçlari xattoki iliq havoda ham muzlab qoladimi? Buning sabablari turliça bölişi mumkin: harakatsizlik natijasida qöllar qavarişidan tortib jiddiy patologiyagaça. Bu holda zudlik bilan şifokorga murojaat etiş kerak.
Fiziologik sabablar
Agar qöllaringizni uçi doim muzlab qolsa, sabab öz fiziologiya xususiyatingizda bölişi mumkin. Odatda, barmoqlar muzlaşining quyidagi sabablari mavjud:
- Qon aylanişining işdan çiqişi. Bu qöllar sovuq qotişining eng ommalaşgan sabablaridan biridir. Şunday insonlar borki, ular tuğilganidan qon tugallangan tana a'zolariga juda sekin yetib boradi va natijada doim muzlab qoladi. Şu bilan birga yomon qon aylanişi ba'zi kasalliklarga ham aloqador bölişi mumkin: xolesterin ortişi, yurak kasalligi va boşqalar.
- Qon bosimining tuşib ketişi. Agar siz gipotonik bölsangiz, u holda barmoqlaringiz muzlaşiga könikişingizga töğri keladi. Qölingizni issiq tuting, qiş kunlari albatta, qölqoplar taqib yuring. Agar qon bosimi biron bir kasallik ortidan paydo bölgan bölsa, unda asosiy kasallikni davolaş lozim.
- Stresslar. Inson salomatligida stressni qançalik salbiy oqibatlarga olib kelişini unutmaslik kerak. Agar biz tuşkunlikka tuşib qolsak, qon adrenalin garmonini köproq çiqara boşlaydi. Şundan söng qöllar muzlay boşlaydi. Stress ötib ketgandan söng, barmoqlar harorati ham öz iziga tuşa boşlaydi.
- Çekiş. Nikotin tomirlarni toraytirş xususiyatiga ega bölib, birinçi bölib tugallanuvçi kiçik tomirlarga ta'sir etadi. Bundan taşqari, çekiş arteriyalardagi kaftlarning şakllanişiga ta'sir etib, qöllarning sovuq qotişiga olib keluvçi jiddiy omil sanaladi.
Barmoqlar muzlatuvçi kasalliklar
Agar sizning qöllaringiz yuqorida körsatilagn omillarsiz muzlab qolayotgan bölsa, demak, bunga ayrim kasalliklar sabab bölişi mumkin:
- Anemiya. Sovuq barmoqlar – qizil qon donaçalarining yetişmasligi yoki qonda gemoglobin darajasining pastligi natijasidir. Bu holatda kislorod töyinganlik darajasi pasayib, qöllar muzlay boşlaydi. Anemiyaning keng tarqalgan sabablari: oziqlaniş ratsionida temirning yetişmasligi, oşqozon faoliyati buzilişi, qon yöqotiş (masalan, hayz davrida), şuningdek, onkologik xastaliklarda.
- Gipotireoz – qalqonsimon temir vazifasining pasayişi. Qalqonsimon temir faolligi tuşib ketişi oqibatida metabolizmda faol qatnaşuvçi garmonlar konsentratsiyasi kamayadi. Şu sabab bilan organizmdagi köplab funksiyalar sekinlaşadi va barmoqlar muzlay boşlaydi.
- Reyno sindromi – sovuq yoki stressga javoban qon tomirlarining torayişi. Torayişlar kuçayişi oqibatida kökiş rangli doğlar hosil bölişi mumkin. Huruj payti inson qöllari atrofida nimjonlik, sovuq yeyiş va sançiş holatini his etadi.
- Autoimmun kasalliklar. Muzlab qolgan qöllar yoki oyoqlarga sabab skleroderma, revmatidli artrit, qizil volçanka (teri silining bir turi) va boşqa tizimli autoimmun kasalliklari bölişi mumkin.






