Finlyandiyada mahalliy fermerlarning Xelsinkida "traktorlar marşi" bölib ötdi, deb xabar bermoqda Yle naşri.

Fermerlar namoyişi Xelsinkidagi Senat maydonida butun mamlakatdan bir neça ming odamni yiğdi. Ulardan köpçiligi voqea joyiga traktorlarda kelgan.

"Traktorlar marşi" iştirokçilari bilan mamlakat boş vaziri Yuxa Sipilya hamda qişloq va örmon xöjaligi vaziri Kimmo Tiilikaynen uçraşgan.

Boş vazir fermerlarning ahvolini yaxşilaşga va'da bergan. Uning aytişiça, Yevropa Ittifoqida fermerlarga yordam beruvçi maxsus jamğarma yaratilişi kerak.

Finlyandiyalik fermerlarning muammolari bir neça omillar, jumladan Rossiya tomonidan solingan oziq-ovqat embargosi, xarid narxlarining tuşişi hamda subsidiyalar tölaş bilan boğliq qoğozbozçilik bilan boğlangan.