AQŞ poytaxti Vaşington şahri joylaşgan Kolumbiya okrugida dastlabki prezidentlik saylovida Florida ştatidan bölgan senator Marko Rubio ğalaba qozondi.

CBS News xabariga köra, 12 mart kuni ötkazilgan dastlabki saylovda Rubioni 37 foiz, Ogayo ştati gubernatori Jon Keysikni esa 36 foiz kişi qöllab-quvvatlagan.

Respublikaçilar orasida prezidentlikka da'vogarlik qilayotgan boşqa nomzodlar milliarder Donald Tramp va texaslik senator Ted Kruzning natijasi 14 va 12 foiz bölgan.

Şu kuni Vayoming ştatidagi Respublikaçilar partiyasi faollari yiğilişlarida (kokus) Ted Kruz ğalaba qildi. Byulletenlar böyiça yakuniy natijalarga köra, Kruz 66,3 foiz ovoz töplagan. Ikkinçi örinni 19,5 foiz ovoz töplagan Florida ştati senatori Marko Rubio, hamda uçinçi örinni 7,2 foiz ovoz töplagan milliarder Donald Tramp egalladi. Törtinçi örindan joy olgan Ogayo gubernatori Jon Keysik birorta ham ovoz olmagan.

Rubio bundan oldin faqat Minnesotada ğolib çiqqandi.

Ayni vaqtda Tramp va Rubio respublikaçilar orasida prezidentlikka asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda. Tramp uçun 460 delegat, Kruz uçun 369 delegat ovoz bergan. Partiyadan nozod sifatida körsatiliş uçun 2472 delegatdan 1237 nafarining ovozi zarur böladi. Nomzodni körsatiş haqidagi qaror partiyaning 18-21 iyul kunlarida Klivlend (Ogayo ştati) ötadigan milliy s'yezdida qabul qilinadi.

Kolumbiya okrugi Vaşington atrofini öz içiga olib federal markaz hisoblanadi. U biror ştat tarkibiga kirmay federal boşqaruv tizimdan taşqarida hisoblanadi. Bu hudud Qöşma Ştatlardagi eng kam aholiga (taxminan 600 ming kişi) ega hudud hisoblanadi.

Iyul oyida Demokratlar partiyasi ham milliy s'yezd ötkazadi va yakuniy bosqiç uçun nomzod körsatiladi. AQŞ prezidentligi uçun saylov 8 noyabr kuniga belgilangan.