Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov özbek adabiyotning yirik vakili, milliy ruh ufurib turgan asarlari bilan adabiyot ixlosmandlari könglidan örin olgan yozuvçilardan biri edi. Uning heç bölmaganda bir hikoyasini öqimagan özbek kitobxon yöq, desak mubolağa bölmaydi.
“Bekajon” gazetasi yozuvçining turmuş örtoği Ölmasxon Hoşimova bilan bölgan suhbatni çop etdi.
U adib haqida xotirlar ekan, asar yozişda har bir kiçik detalga jiddiy yondoşişi, aniqlik uçun sira erinmagani haqida gapiradi. Masalan, “Ikki eşik orasi” asari bilan boğliq bir voqeani eslaydi: “Asarni yozayotganlarida löli xotinning fol oçayotganidagi toş qanday atalişi uyimizdagi heç kim bilmadi. Şunda Ötkir aka menga qarab, “Qani, otlan, bozorga boramiz”, dedilar. Odatda u kişi bozorga tuşmas, bozor-öçarni ham öğlim ikkimiz qilardik. Hayron bölgança ergaşib, Çorsuga bordim. Lölilar fol oçadigan joyga yaqinlaşib, “Qani, borib, bir fol oçir”, dedilar. Men qörqa-pisa ularga yaqinlaşdim. Löli endi toşini taşlab, fol oçişni boşlagandi nariroqda kuzatib turgan Ötkir aka bizga yaqinlaşib, “Böldi, fol-mol kerakmas. Menga manavi toş nima deyilişini aytsang böldi”, dedilar. Löli pul sörab, toşni “muxra” deb atalişini aytdi. Kördingizmi, bitta detalning haqqoniy yozilişi uçun sira erinmas, özlarini ayamasdilar...”
Şuningdek, suhbat davomida Ölmasxon Hoşimova adibning öz asari qahramonini öldirib qöyib, qattiq iztirob çekkanini ham ta'kidlagan.






