Muhtaram Yurtboşimiz tomonidan 2016 yil 19 fevral “2016 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi PQ-2493-sonli qaror çiqardilar.

Qarorda bayramning tarixi, uni nişonlaniş bilan boğliq urf-odat, an'ana va qadriyatlarimizning mohiyati, ahamiyatini keng yoritiş, Navrözning ruhi va falsafasida öz aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoşi uluğ insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama e'zozlaş, kömakka muhtoj kişilarga beğaraz yordam beriş bilan boğliq tadbirlar ötkaziş va xayriya işlarini amalga oşiriş lozimligi öz aksini topgan.

Uşbu qarorda 2016 yilgi Navröz bayramining falsafasi belgilab berilgan. Ular quyidagilardan iborat:

Mehr-muruvvatni;
Ahillik va totuvlikni;
Yoşi uluğ insonlarni e'zozlaşni;

Kömakka muhtoj kişilarga beğaraz yordam körsatişni aniq, hayotiy misollar bilan tuşuntiriş.

Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasida Navröz – umumxalq bayrami oldidan aholining keng qatlamlari örtasida ma'rifiy uçraşuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy keçalar, madaniy tadbirlarda iştirok etuvçi taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, jamoatçilik vakillaridan iborat tarğibot guruhi a'zolari şakllantirilgan. Ular quyidagilar:
1. Mavrulov Abduxalil Abdulxayeviç – Respublika Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi direktori.
2. Beknazarov Turğun Saidoviç – Muqimiy nomidagi Özbek davlat musiqiy drama teatri ijodkori, Özbekistonda xizmat körsatgan artist.
3. Mamadaliyev Muqaddas – Muqimiy nomidagi Özbek davlat musiqiy drama teatri ijodkori.
4. Aliyev Rixsiboy Usmanoviç – “Özbekfilm” kinostudiyasi aktyori .
5. Raxmanov Qurbon Sodikoviç – Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron hukumat” tizimi asoslari” kafedrasi mudiri


2015 yilning 13 mart kuni tarğibot guruhi a'zolari umumxalq haşarida qatnaşgan holda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ijodiy uçraşuvda iştirok etdilar. Uçraşuvni institut rektori Prenov Barlikbay Barakbayeviç kiriş sözi bilan oçdilar hamda sözni tarğibot guruhi a'zolariga berdi.

Guruh rahbari professor A.A.Mavrilov Navröz tarixi uni paydo bölişi, mustaqilligimizning qanday bebaho ne'matligi haqida ma'ruza qilib fikrlarining tarixiy raqamlar bilan keltirib ötdi.