Özbekiston Markaziy banki 2016 yil 15 martdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga köra, 1 AQŞ dollari 2866 söm 75 tiyin etib belgilandi. Bu 10 martdagi kursga nisbatan 5 söm 7 tiyinga köp.

15 martdan e'tiboran 1 yevro qiymati 3168 söm 54 tiyin (10 martdagi kursga nisbatan 21 söm 90 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 441 söm 50 tiyin (10 martdagi kursga nisbatan 1 söm 69 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 40 söm 77 tiyin (10 martdagi kursga nisbatan 1 söm 67 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib ötamiz, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Markaziy bank mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.