Resursining asosçisi Stiv Xemmerstoffer iPhone 7 korpusining texnik tasfiri tuşirilgan fotosuratni çop etdi. Şu bilan birga tasvir asosida navbatdagi iPhone renderi ham tarmoqlarda paydo böldi.

Qayd etilişiça, suratlar uçun korpuslar yetkazib beruvçi Catcher Technology zavodida olingan. Suratlarda orqa tarafning antenna tagidagi plastik vstavkalari olib taşlanganligini köriş mumkin. Suratdagi tasvirga muvofiq, ular korpusning yuqori va pastki yuzasida böyiga joylaşgan böladi.

Bundan taşqari, suratda kameraning kattalaşgan teşigini payqaş mumkin. U korpusning çekkasiga yaqin joyda joylaşgan bölib, biroz turtib çiqqan. Ayni damda, u yerda ikki kamera joylaşadimi yoki modul faqat yangilanadimi, noma'lum. Şuningdek, iPhone 7da quloqçin ulaş uçun joyning bölişi ham noma'lum.

Yangi iPhone 7 taqdimoti 2016 yilning kuz faslida ötişi rejalaştirilgan.