Mart oyining örtasida Floridaning Ameliya-Aylend orolida ötkazilgan kimoşdi savdosida 1937 yil namunasi bölgan Bugatti 57SC Sports Tourer sportkari sotuvga qöyildi. Avtomobil 9.73 million dollarga sotilgan.
Kimoşdi uyi vakillarining sözlariga köra, mazkur maşina nafaqat auksionda eng qimmatga sotilgan Bugatti 57S, balki Ameliya-Aylendda savdoga qöyilgan eng qimmatbaho uruş davri avtomobili sanaladi. Namunaning boşlanğiç narxi 6 million dollarni taşkil etgan. Sportkarning yangi sohibi ismi oşkor etilmagan amerikalik xususiy kolleksiyaçi böldi.
Sotib yuborilgan Bugatti 57SC Sports Tourer 1937 yilda yangi holatda Nyu-Yorkka keltirilgan. Bir yildan söng, Londondagi motorşouda namoyiş etilgan. Avtomobilda 200 ot kuçi quvvatli 3.3 litrli sakkiz silindrli motor joylaşgan. Sportkar barça ğildiraklarida tört poğonali mexanik uzatgiç qutisi va gidravlik dömbira tormoz mexanizmiga ega.







