IŞID Suriya va Iroqda keyingi 14 oy davomida öz nazorati ostidagi hududlarning taxminan 22 foizini boy bergan. Bu haqda IHS tahlilçilari xabar qilişgan.
Kompaniya tadqiqotlari natijalariga köra, IŞID bu vaqt mobaynida daromad manbalarining (asosan neft konlari) 40 foizidan ayrilgan. Tahlilçilar IŞID endilikda Suriya va Turkiya çegarasi yaqinida öz ta'sirini yöqotganini bildirişgan.
6 mart kuni AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov telefon muloqoti orqali Suriyadagi tinçlik sulhiga amal qilinayotgani böyiça suhbatlaşişgandi.
27 fevral kuni Rossiya va AQŞ taşabbusi bilan Suriyada öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv kuçga kirdi. Hujjat Suriya hududida IŞID va BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan terrorçi taşkilotlar röyxatiga kiritilgan boşqa guruhlardan taşqari barça guruhlarga nisbatan öt oçişni töxtatişni nazarda tutadi.
IŞID 2014 yilning yozidan boşlab Iroq va Suriya hududida katta hududlarni egallab olgan terrorçilik taşkiloti bölib, xalifa tomonidan boşqariladi. 2014 yilning avgustidan AQŞ boşçiligidagi 65 davlat koalitsiyasi Iroq hududida jangarilarni bombalaşga kirişdi. Bir neça oydan keyin koalitsiya samolyotlari Suriya hududidagi jangarilarni bombalay boşladi. 2015 yilning 30 sentabridan esa Rossiya Suriyada havo amaliyotlar ötkazişni boşladi.






