Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, özini özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça birinçi örinbosari tasdiqlandi. Viloyat hokimiyati saytida xabar qilinişiça, mazkur lavozimga Faxritdin Umarov tayinlandi.

Toşkent politexnika institutini tamomlagan Faxritdin Umarov (1964 yili tuğilgan) 2015 yilning yanvaridan Oliy Majlis Senatining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi lavozimini egallab kelgan. U parlamentning yuqori palatasida Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuçaytirişga kömaklaşuvçi komissiya raisi sifatida ham hisoblanadi.

Avvalroq — 2014 yilning 14 yanvaridan Faxritdin Umarov Navoiy viloyati Uçquduq tumani hokimi, ungaça esa — Navoiy kon-metallurgiya kombinati boş direktorining kapital quriliş masalalari böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan.

Yöl jamğarmasi rahbari Buxoro viloyati hokimining birinçi örinbosariga aylandi