2016 yilning 15 mart kunida Toşkent moliya institutida «Futbol – millionlar öyini» mavzusida davra suhbati ötkazildi. Tadbirga FIFA referisi, Xalqaro toifadagi hakam Ravşan Ermatov va taniqli futbol şarhlovçisi Mirzahakim Töxtamirzayev taşrif buyurişdi. Tadbirda Ravşan Ermatov FIFA referisi bölguniga qadar bosib ötilgan maşaqqatli yöl haqida, futbol böyiça jahon çempionatlarida hakamlardagi ruhiy holat va bosim, bölib ötgan qiziqarli voqealar haqida talabalarga gapirib berdi.

Taniqli futbol şarhlovçisi Mirzahakim Töxtamirzaev ham futbol va şarhlovçilik haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.

Tadbirda futbol böyiça musobaqa ğoliblariga sovğalar topşirildi. Tadbirning kulminatsion nuqtasi tadbir söngida Toşkent moliya institutidan esdalik sovğa sifatida Ravşan Ermatovga özining byusti topşirilişi böldi.

“Endi biror bir davlatga ketsam, uşbu haykal meni ayolimga eslatib turadi”, deya öz xursandçiligini bayon etdi Ravşan Ermatov.

Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda ötgan.