16 mart oqşomida ötkazilgan javob uçraşuvlaridan keyin YeÇLning çorak finalida öynaydigan yana ikki jamoa nomi ma'lum böldi. «Barselona» ikkinçi uçraşuvda ham «Arsenal»ni yengib keyingi bosqiçga ötgan bölsa, «Bavariya» qöşimça bölimlarda «Yuventus»ni yengib, çorak final masalasini hal qildi.
Turnirning çorak finali uçun qur'a taşlaş marosimi 18 mart kuni Şveytsariyaning Non şahrida bölib ötadi.
Yevropa Çempionlar ligasining çorak finalida öynaydigan jamoalar: «Bavariya» (Germaniya), «Barselona» (Ispaniya), «Real» (Ispaniya), «Mançester Siti» (Angliya), «Volfsburg» (Germaniya), «Atletiko» (Ispaniya), PSJ (Fransiya), «Benfika» (Portugaliya).
Qayd etiş kerakki, keyingi bosqiçda bir mamlakat vakillari özaro töqnaşişi mumkin. YeÇLning çorak finalidagi birinçi uçraşuvlar 5-6 aprel kunlarida bölib ötadi, javob uçraşuvlari 12-13 aprel kunlariga belgilangan.






