Xitoy Özbekiston tarixi muzeyiga terrakota qadimgi Xitoy terrakota jangçisining haykalini sovğa qildi.
Terrakota eksponati Buyuk Ipak Yöliga bağişlangan ekspozitsiyada namoyiş etilgan. Haykalning böyi 187 santimetr, yelka kengligi 49 santimetr, deb xabar beradi “Pravda Vostoka”.

Jangçilarning har bir şakli öziga xos, ular yuz tuzilişi, böyi, kiyimi jihatdan bir-birlaridan farq qiladilar. Çunki haykallarga haqiqiy askar va ofitserlardan andoza olingan. 1987 yili “terrakota armiyasi” YuNeSKOning jahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan.
Ma'lumot uçun: Tsin Şixuandi, In Çjyen (mil. av. 259—210) — Tsin saltanati podşosi (mil. av. 246— 221), Xitoy imperatori (mil. av. 221—210). Tsin hukmdorlari xonadoniga mansub bölgan. Xitoydagi oltita podşolikni bosib olib, mil. av. 221 yilda yagona markazlaşgan Tsin imperiyasini barpo etgan va özini birinçi Xitoy imperatori — Tsin Şixuandi deb e'lon qilgan. Uning davrida, mil. av. 215-214 y. Buyuk Xitoy devorini ilgari mavjud bölgan çegara istehkomlari bilan yaxlit holga keltiriş jarayoni boşlangan.

Tsin Şixuandi qölida qonun çiqariş, oliy ijroiya va sud hokimiyati töplangan. Öz hokimiyatiga nisbatan har qanday tanqidiy munosabatlarga barham beriş maqsadida mil. av. 213 yilda xususiy şaxslar qölida saqlanayotgan gumanitar adabiyotlarni yoqiş haqida farmon çiqargan. 212 yilda Tsin Şixuandi imperator hokimiyatiga qarşi xalqni kötarmoqçi bölgan 460 nafar konfutsiyşunos arboblarni qatl ettirgan. Tsin Şixuandi davrida zulm kuçaygan, uning vafotidan söng xalq qözğolonlari kötarilib Sin imperiyasi barham topgan. Imperator hozirgi Tsian yaqinidagi dafn etilgan yeri bilan şuhrat qozongan; maqbarani 700 ming asir-qul 38 yil davomida barpo etgan.

Tsin Şixuandi ölimidan söng ham harbiy kuçga tayaniş uçun 6 ming jangçisi va otlarning böyi baravar kattalikdagi haykallarini yasaşni buyurgan. Tsin Şixuandi vafot etganida barça haykallar ham u bilan qöşib kömilgan. 1974 yilda Tsin Şixuandi dafn etilgan joydan jangçilar va otlarning böyi baravar kattalikda işlangan 8099 ta terrakota haykallari (mil. av. taxminan 210 y.) topilgan. Maqbaraning taşqi devorlari perimetri 6 kilometrga teng.