21 mart kuni Apple kompaniyasi an'anaviy gadjyetlarining taqdimotini ötkazadi. Boş yangilik – bu kuçli texnik xususiyatlarga va yoqimli narxga ega ekrani 4 dyuymli yangi iPhone SE smartfoni hisoblanadi.

Şuningdek, kompaniya iPad Pröning kiçiklaştirilgan rusumini va Apple Watch uçun aksessuarlarni taqdim etadi. «Kun.uz» jamoasi yangi qurilmalar atrofida aylanayotgan barça miş-mişlarni bir maqolaga jamladi.

iPhone SE

Mart oyida Apple öz taqdimotida iPhone 7'ni namoyiş etmasligi aniq edi, çunki an'anaviy ravişda kompaniya yangi avlod smartfonlarini kuzda namoyiş etadi. Lekin tarmoqlarda 2014 yildan buyon kompaniya qurilmaning kiçiklaştirilgan rusumini taqdim etişi haqidagi miş-mişlar keng tarqalgandi.

Yaqin kunlarda ekrani 4 dyuymli yangi iPhone'ning nomi iPhone 5SE (Special Edition sözidan qisqartma) deb nomlanişi mumkinligi va iPhone 6 dizaynidan bir qança köçirmalar bölişi töğrisida qizğin suhbatlar boşlanib ketdi.

Keyinroq esa, taxmin qilingan nomdan 5 raqamini olib taşlaşdi. Uning taşqi körinişi esa iPhone 5S dizaynining qismlari qöşilişi haqida xabarlar tarqaldi. Yangi iPhone SE oxirgi flagman smartfon kabi, kumuşrang, kulrang, puşti va oltinranglarda sotuvga çiqariladi.

Texnik jihatlarga keladigan bölsak, qurilma kompaniyaning hozirça oxirgi hisoblangan protsessori A9 va M9 bilan, kamera esa 12 megapikselli matritsa bilan jihozlanadi.

4 dyuymli ekran «jonli rasmlar»ni (Live Photos) körsata olsada, keng reklama qilinayotgan 3D Touch funksiyasiga ega bölmaydi. Eng muhim özgarişlardan biri, yangi smartfon Apple Pay mobil tölovlar tizimini işlatiş uçun NFC-çipi bilan qurollanadi.

«Olmali» smartfon muxlislari uçun yana bir muhim xabarni 15 mart kuni Apple Insider tarqatdi. Unga köra, smartfon kamerasi 4K rejimida tasvirga tuşira oladi.

Şuningdek, akkumulyatorga özgartiriş kiritilib, uning hajmi endi 1624 yoki 1642 mAs ni taşkil etadi. Uning narxi taxminan 400-500 dollar bölişi kutilmoqda.

Apple Watch uçun aksessuarlar

Kompaniya taqdimotiga taklif etilgan muxbirlarning taklifnomalarida köpgina şamalar mavjud. Eng ehtimoliy işoralardan biri esa Apple Watch uçun yangi aksessuarlar taqdim etilişi böldi.

Bundan taşqari, Çexiyadagi Apple Store sayti oldindan aqlli soatlar uçun «milan halqasi» (milanese loop) qöl bandining yangi rusumini sotuvga qöydi.