Fevral oyi oxirida Janubiy Koreyaning Samsung elektronika işlab çiqaruvçisi flagman lineykasining yangi smartfonlarini taqdim etgandi. Tabiiyki, yangilikni öşa zahoti iPhone bilan soliştirişni boşlaşdi.
Albatta, bu Apple kompaniyasining ötgan yilgi mahsuloti. An'ana böyiça yangi versiya kuz oylarida namoyiş etiladi.
Şuning uçun soliştiriş musobaqasi Galaxy S7/Galaxy S7 Edge hamda iPhone 6S/iPhone 6S Plus örtasida bölib ötadi. PhoneBuff foydalanuvçisi Youtube’da koreyalik Galaxy S7 Edge va amerikalik iPhone 6S Plus telefonlarining ikkalasida ham mavjud öxşaş funksiyalarning işlaş tezligini taqqosladi.
Eng zamonaviy gadjyetlarning musobaqa natijalarini video orqali köriş mumkin. Baholaş uçun sekundomer ham yoqib qöyilgan.







