AQŞ politsiyasi Nirvana sardori Kurt Kobeynning qurolini ommaga havola etdi, deb xabar beradi CBS News.
Kobeyn 1994 yilning aprelida halok bölgan. Musiqaçi qurolining yangi suratlarini ayni damda Nirvana sardorining ölimi böyiça şuğullanayotgan Sietl politsiya bölimi xodimi, detektiv Maykl Tsesinski namoyiş etdi.
Kobeynning vafotidan keyin 22 yil içida Sietl politsiyasi juda ham köp marta musiqaçining ölimi bilan boğliq hujjat va suratlarni çop etgan edi. Biroq qurolning surati heç qaçon namoyiş etilmagandi (faqatgina voqea sodir bölgan joyda olingan ba'zi suratlarda qurol qisman körinişi mumkin).
Yangi suratlar CBS News murojaati orqali çop etildi. Qayd etilişiça, bu suratlar qurolni “potensial qotillik”ni yaşiriş maqsadida eritişgan, degan fitnali miş-mişlar töğriligini tasdiqlaydi.







