Yevropada har yili qiş sönggi, bahor boşida özida taqdimotlar, anjumanlar va körgazmalarni qamrab olgan Panasonic Convention tadbiri ötkaziladi. Mazkur tadbir Yaponiyaning Panasonic korporatsiyasining kelajakdagi mahsulot va rejalariga bağişlangan bölib, hamkorlar va OAV hodimlari uçun ötkaziladi. Fevral oxirida Frankfurtda ötkazilgan Panasonic Convention 2016da “Vesti.Hi-tech” naşri vakillari ham iştirok etib, yapon elektronika va maişiy texnika işlab çiqaruvçi kompaniyasining yangiliklari bilan tanişib çiqişdi. Şuningdek, korporatsiyaning top-menejyerlari – kompaniyaning Yevropadagi rahbari Loran Abadi va Rossiyadagi boş direktori Dzyuniti Sudzuki bilan suhbat qurişdi.

Televizor va pleyrlar

Panasonic Convention 2016 körgazmasining asosiy eksponati – şubhasiz, VIERA televizorlarining yangi modellari böldi. Sönggi yillarda, kompaniya, asosan, özini premium mahsulotlar işlab çiqarişga harakat qilmoqda va 4K Ultra HDni kötara oluvçi – DX indeksli top-modellarga e'tiborini qaratmoqda.

DX900 flagmanlari — UHD Alliance assotsiatsiyasi tomonidan Ultra HD Premium sertifikatsiyasini olgan birinçi Panasonic televizorlari. Qurilma maksimal aniq rangli uzatişni ta'minlovçi Studio Master HSX+ videoprotsessori bilan jihozlangan. VIERA DX902ning top 68 dyuymli modeli narxi 4500 dollarni taşkil etadi.

Biroz arzonroq narxdagi VIERA DX800 televizori – 50 yoki 58 dyuymli ekran diagonaliga ega bölib, flagman kabi kengaytirilgan dinamik diapazonda filmlarni namoyiş etuvçi HDR texnalogiyasini kötara oladi. Unda aniq ranglarni uzatişni Studio Master HSX protsessori ta'minlab beradi. 800-seriyaning ajralib turuvçi jihati – uning dizaynida: televizorni an'anaviy stendlar örniga yon tomonda uçburçak tirgaklar uşlab turadi.

Frankfurtda yangi texnologiyalar ostida yaratilgan televizorlar bilan bir qatorda 4K Ultra HD Blu-ray optik diskli UB900 pleyri ham namoyiş etildi. Narxi 850 dollar qiymatida baholangan qurilma DX900 televizorlari kabi Panasonic’ning aynan öşa “gollivud laboratoriyasi”da işlab çiqildi.

Fotoapparat va videokamera

Yaponiya kompaniyasining eng yangi fotoapparati — Panasonic Lumix TZ100 kompakti böldi. Çöntak kamerada 1 dyuymli “kattalar” sensori va 10 karra yaqinlaştiriluvçi obektivga ega. Xaridorlarni 4K-videoni tasvirga oliş imkoniyati, olinib bölingan suratlarda fokus nuqtasini almaştiriş funksiyasi qiziqtirişi kerak. Bu kameraning özida 4K orqali olingan qisqa video içidan eng yaxşi kadrni tanlab, uni 8 megapikselli fotosurat körinişida saqlaşga qulaylik yaratadi. Kamera Amerikada emas, Yaponiyaning özida işlab çiqariladi. Yevropa bozorlarida apreldan boşlab sotuvga çiqişi rejalaştirilgan.

Audiotexnika

Körgazmada ovoz apparatlari doirasidagi eng qiziqarli anons — ALL Connected Audio tarmoqli audioqurilmalarining namoyişi böldi. IPX7 standartlari böyiça sertifikatsiyaga ega suvga çidamli (uni xatto duş qabul qiliş xonasiga ham olib kirsa böladi) SC-ALL05, SC-ALL7CD kolonkalarida kompakt-disklarni kötara oluvçi (undan musiqalarni köçirişga möljallangan xotiraga ega) 6 soatga yetadigan batareya joylaşgan. Şuningdek, simsiz 5.1 tizimli uy kinoteatrlarida foydalansa böladigan 80 vattli SC-ALL9 2.1 kolonka va 40 vattli SC-ALL9 kolonka ham namoyiş etildi.

“Aqlli uy” va “Internet jihozlari”


Panasonic Convention körgazmasining eng e'tiborli qismi “aqlli uy” va “internet jihozlari”ga bağişlandi. Ulardan biri – Aquarea issiqlik nasosidir. Bu tizim atrofdagi havoni ilitib beruvçi manba hisoblanib, maişiy isitkiçlar uçun suvni isitib beradi. Elektron isitkiçlarga nisbatan isitiş va issiq suv uçun ketadigan xarajatlarni 80 foizgaça tejaydigan Aquarea-20 darajali Tselsiy haroratida ham faol işlaydi. Yoz kunlarida esa mazkur issiqlik nasosidan xona havosini salqinlatişda ham foydalaniş mumkin.

Şuningdek, Panasonic “internet jihozlari” nomi ostida elektron bozorga uy havfsizligi va kuzatuvi uçun zarur bölgan yangi mahsulotlarni ham namoyiş etdi. “Panasonic Smart Home & Allianz Assist” yangi hizmatidan foydalaniş uçun datçik va kameralarga oyiga 10 yevro tölab, uylarni monitoring qiliş mumkin. Agar kimdir uyga bostirib kirmohçi bölsa, darhol uy egasining smartfoniga favqulotda holat haqidagi xabar boradi. Şu bilan bir vaqtning özida signal politsiyaga arz qilişiga yordam beruvçi Allianz pultlariga yetib boradi.