Vaşingtondan Gonoluluga reys amalga oşirayotgan samolyotda yölovçi qiz qölidagi iPhone 6 smartfoni öz-özidan alangalanib, butkul yonib ketgan. Bortkuzatuvçilar alangani tezda öçirişdi va samolyot Gavayiga beşikast qöngan. AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi va smartfonni işlab çiqaruvçi Apple kompaniyasi uşbu holatni tergov qilişni boşlaşdi, deb xabar bermoqda ABC telekompaniyasi.
Yölovçining aytişiça, u smartfonida film tomoşa qilib ötirganda smartfondan 20 sm keladigan alanga tillari çiqa boşlagan. Qiz smartfonni polga uloqtirib yuborgan, smartfon örindiq ostiga dumalab ketgan. Alanga kuçayib ketib, sarosima boşlangan.
Oqibatda smartfon butkul yonib ketgan, uning korpusi qiyşayib, erib ketgan.
Alaska Airlines aviakompaniyasi vakilining aytişiça, AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi operativ holda alanga çiqişi sababini aniqlay olmagan. Öz navbatida Apple voqea tafsilotlarini örganiş uçun smartfon egasi bilan boğlangan.






