Mart oyi taqdimotida Apple “iPad Pro”ning 9,7 dyuym ekranli planşetini taqdim etdi. Taqdimotda yangi qurilmani kompaniyaning marketing böyiça katta vitse-prezidenti Fil Şiller namoyiş etdi.

Yangi avlod planşetidagi asosiy özgarişlardan biri bu uning ekranida böldi. Endi “iPad Pro 9,7”ning ekrani iPad Air 2ga nisbatan 40 foiz kamroq qamaşadi, 25 foiz yoruğroq böladi. Hozirça barça planşetlar içidagi eng yoruği “iPad Pro 9,7” hisoblanadi. Şuningdek, uning ekraniga “True Tone” hususiyati qöşilgan bölib, endilikda qurilma foydalanuvçiga tasvirni atrof-muhitga moslaşib, yoruğlikni uzatadi.

“Qurilmaning protsessori yangi A9X bölib, uning grafik protsessori XBox 360 dan kuçliroq hisoblanadi”, - deb aytib ötdi vitse-prezident Fil Şiller.

Kameraga töxtaladigan bölsak, Apple öz strategiyasida davom etib, planşetga 12 megapikselli matritsa joylaştirgan, u orqali 4K sifatli video oliş imkoniyati ham mavjud. iPad Pro kabi yangi planşetni Apple Pencil va klaviatura bilan birga qöllasa böladi.

Yana bir yangilik esa, uşbu planşetni “puşti oltin” rangda sotib oliş mumkin.

Yangi qurilmalarning 32 gigabaytli rusumi 599 dollar, 128 gigabaytli rusumi 749 dollar va 256 gigabaytlisi 899 dollar qiymatida sotuvga qöyiladi.