Olib borilgan sörov natijasida Grozniy şahri Rossiyadagi eng xavfsiz şahar deb topildi.
Tadqiqotlarni Domofond.ru portali Avito bilan hamkorlikda çiqargan. Sayt foydalanuvçilari özlari yaşayotgan şaharning xavfsizligini e'tirof etişgan. Sörovda 310 ming kişi qatnaşgan.
Tadqiqotda qatnaşganlardan “Men xavfsiz tumanda yaşayman va keçalari qörqmasdan öz uyimga boraman”, degan savolni 1 dan 10 ballgaça baholaş söralgan. Grozniy şahri 9,1 ball töplagan.
Ikkinçi örinni Nijnevartovsk (7,6) egallagan. Saransk, Soçi, Murmansk va Armavir aholisi bir xil ovoz bergan 7,5.
Moskva va Sankt-Peterburg 39 va 49-örinlarni egallagan. Eng xavfsiz bölmagan şahar deb Volgograd topilgan — 100-örin.






