Minnesota (AQŞ) ştati startapi yiğiluvçi “Ideal Conceal” töpponçasini taqdim etdi. Uşbu qurol yiğilganda smartfon körinişini oladi.
Ixtironi namoyiş etuvçi video YouTube saytidagi TomoNews sahifasida ommaga taqdim etilgan.
CNN Money naşrining xabariga köra, ixtironing ğoyasi tadbirkor Kirk Çelbergga (Kirk Kjellberg) tegişli. U odamlar atrofdagilarni qörqitmasdan, özlarini himoya qilişlari uçun, öq otuvçi qurolni olib yurişlariga imkon berişni maqsad qilib olgan edi.
“Ideal Conceal” 9x17 millimetr kalibrdagi ikki patronni öz içiga siğdira oladi. Qurilmaning yiğilib turgan holatida öt otişning imkoniyati mavjud emas.
Ixtiro muallifidan qurilmani sotib olişlarini surab minglab insonlar xat yozişmoqda. “Ideal Conceal” şu yili 395 dollar qiymatida sotuvga çiqariladi.







