BMT Boş kotibining Suriya böyiça maxsus vakili Staffan de Mistura 22 mart kuni jurnalistlarga Suriyadagi vaziyatni siyosiy tartibga soliş - xalqaro terrorizm ustidan ğalaba qozonişning şarti ekanini ma'lum qildi.
Avvalroq, BMTning Jyenevadagi ştab-kvartirasi vakili taşkilot terroristlarga Suriya bilan olib borilayotgan muzokaralarni töxtatib qöyilişiga hamda jangarilarning şartlari bajarilişiga yöl qöymasligini bildirgan edi.
22 mart kuni tongda Belgiya poytaxtida ikki portlaş sodir etildi. Keyinroq yana törtta portlaş Bryussel yer osti yölini vayron qilgan. Sönggi xabarlarga köra, fojyea natijasida 34 kişi halok bölgan.
Suriyadagi vaziyat yuzasidan BMT şafeligidagi muzokaralar Rossiya, AQŞ va boşqa davlatlar iştirokida Jyenevada 14 mart kuni boşlangan. Uçraşuvda prezident Başar Asad ma'muriyati hamda Suriya muxolifati vakillari qatnaşmoqdalar.







