Bryusseldagi terroristik hujumlar teraktlarga “aysberg nazariyasi” asosida tayyorgarlik körilganini tasdiqlaydi.
Jorj Vaşington Universiteti xodimi Klin Uottsning Business Insider naşriga bergan ma'lumotiga köra, “aysberg nazariyasi”ga binoan terroristik tarmoqning asosiy qismi, xuddi aysberg asosidek, sezilmaydigan xususiyatga ega. Uning nomi ham şundan kelib çiqqan. Şunday qilib, har bir hujum uyuştirayotgan terrorist ortida bilinmas ittifoqçilar bor.
Boşqa bir maqolada naşr Bryussel politsiyasi teraktlarning oldini ololmaganining sabablarini örganişga harakat qiladi. Unga köra, Belgiyadagi radikallar bilan boğliq vaziyat şunçalar qaltis-ki, huquqni muhofaza qiliş organlarining har bir jinoyatçini kuzatişga kuçi va imkoni yetmaydi.







