2016 yilning 1 yanvar holatiga köra Özbekiston doimiy aholisining soni 31 million 576,4 ming kişini taşkil qildi. Uşbu ma'lumot Davlat statistika qömitasi tomonidan e'lon qilindi. Ötgan yil davomida mazkur körsatkiç 553,9 ming kişiga yoki 1,8 foizga köpaydi.
Şahar joylari aholisi yil boşida 15,964 millionga yetgan bölsa (aholi umumiy sonining 50,6 foizi) qişloq joylarida — 15,612 millionni taşkil etdi (49,4 foiz).
Tuğililişlar soni ötgan yilda 735,8 mingni taşkil qildi va 2014 yilning şu davriga (718,0 ming kişi) nisbatan 17,8 mingga köpaydi. Tuğiliş koeffitsiyenti mos ravişda 23,5 promilleni taşkil qildi va 2014 yilning şu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega köpaydi.
2015 yilda vafot etganlar soni 152,9 ming nafarni taşkil qildi va 2014 yilning şu davriga (149,8 ming kişi) nisbatan 3,1 ming nafarga köpaydi. Mos ravişda ölim koeffitsiyenti 4,9 promilleni taşkil qildi (2014 yilda — 4,9 promille).
Ölganlar umumiy sonidan 58,9 foizi qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi — ösma kasalliklaridan, 5,9 foizi — ovqat hazm qiliş organlari kasalliklaridan, 5,4 foizi — nafas oliş organlari kasalliklaridan, 6,6 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlardan vafot etgan.
2015 yilda bir yoşga tölmagan 8,3 mingta bolalar ölimi kuzatildi. Bolalar ölimi koeffitsiyenti 11,4 promilleni taşkil qildi (2014 yilning yanvar-dekabrida-10,8 promille).
Bir yoşgaça olamdan ötgan bolalarning umumiy sonidan 59,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,2 foizi — nafas oliş organlari kasalliklaridan, 9,1 foizi — tuğma anomaliyalardan va 3,4 foizi infeksiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.
2015 yilning yanvar-dekabrida FHDYo organlarida 287,6 mingta nikoh va 29,6 mingta ajralişlar röyxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 9,2 ta nikoh (2014 yilda — 9,6 ta) va 0,9ta ajralişlar (2014 yilda — 0,9 ta) töğri keladi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2015 yilda respublika böyiça köçib kelganlar soni 139,6 ming kişini, şu davr mobaynida köçib ketganlar soni esa 168,6 ming kişini taşkil qildi. Migratsiya qoldiği minus 29,0 ming kişiga (2014 yilda — minus 38,5 ming kişi) teng böldi.






