20 mart kuni Ispaniyaning Tarragona viloyati hududida, Barselona va Valensiya şaharlari oraliğida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölgan özbekistonlik talabaning şaxsi aniqlandi. Mohina Abdusaidova Samarqandda tuğilgan, Venadagi MODUL universiteti talabasi hisoblanar edi. Falokat vaqtida u özining universitetdoşlari bilan Ispaniyada maxsus dastur doirasida bölib turgandi. 23 mart kuni Samarqandda marhumning dafn marosimi ötkazilgan. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toşpölat Rahmatullayev özining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.

20 mart kuni Ispaniyaning Tarragona viloyatida talabalar avtobusi va avtomobil iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölganlar orasida özbekistonlik talabadan taşqari 2 nafar germaniyalik, 7 nafar italiyalik hamda bir nafardan fransiyalik, avstriyalik va ruminiyalik talabalar bor edi. Halok bölganlarning barçasi 19 yoşdan 23 yoşgaça bölgan talabalar edi.

Özbekistonlik talaba Ispaniyadagi YTH natijasida halok böldi