Tahlilçilarning aytişiça, har yili jaxonda 14 mingga yaqin ayol eri yoki yaqin qarindoşi tomonidan öldirilmoqda. Zöravonliklar bilan boğliq jinoyatlarining 40 foiziga yaqini oilalarda sodir etilişi aniqlangan. Şu sababli oiladagi zöravonliklar zamonaning jiddiy muammolaridan biri ekani tan olinadi. Bu kabi köriniş maişiy zöravonlik, oiladagi zöravonlik, gender zöravonligi deb xam ataladi.
Oilaviy zöravonlik dunyodagi eng köp tarqalgan jinoyat sanaladi. Oilaviy zöravonliklarning 96 foizida ayollar va bolalar jabr köradi. Zöravonliklar kattalar tomonidan amalga oşiriladi, ammo jafosini bolalar çekadi. Kuzatuvçilarning fikriça, oiladagi zöravonliklar iqtisodiy taraqqiyoti qanday bölişidan qat'i nazar, jahondagi barça mamlakatlarda uçraydi. Zöravonlik aholining barça tabaqalari örtasida qayd qilinişi tan olinadi. Oilaviy zöravonliklar bilan boğliq muammolarga ötgan asrning 60-yillaridan boşlab e'tibor qaratib kelinadi. Öşanda Yevropa va Amerikada xotin-qizlarni zöravonliklardan himoya qiliş maqsadida turli jamoat taşkilotlari taşkil etila boşlandi. Şu örinda Londonda 1971 yilda “Kaltaklangan ayollar harakati” tuzilganini eslatib ötiş mumkin. Ular uçun maxsus ixtisoslaştirilgan markazlar paydo böldi. Sönggi yillarda esa bir qator mamlakatlarda oilaviy zöravonliklar uçun mas'uliyatni belgilovçi qonunlar qabul qilindi. 2004 yilda Buyuk Britaniya, va Şveytsariyada, 2008 yilda esa Sloveniyada oilaviy zöravonliklarga qarşi kuraşga bağişlangan qonun qabul qilindi. Bugungi kunda 60ta mamlakatda oilaviy zöravonliklarga bağişlangan qonun qabul qilingan. Bu borada Fransiya va Bolgariyaning tajribasiga köpçilik qiziqiş bildiradi.
1995 yilda Xitoy poytaxti Pekinda Xotin-qizlar muammolariga bağişlangan IV Jahon konferensiyasi bölib ötdi. Anjumanda qabul qilingan Pekin platformasida davlat idoralari ayollar ahvoli yuzasidan muntazam monitoring olib borişi, oilaviy zöravonliklarga qarşi kuraşayotgan taşkilotlar va davlat tuzilmalari özaro hamkorlik qilişi ta'kidlanadi.
Dunyoda zöravonliklar tufayli halok bölgan ayollarning 33-50 foizi erlarining kaltaklari tufayli vafot etadi. Bu öz navbatida, nozik jins vakillarini maişiy jinoyatlardan himoya qiliş davr talabi ekanini körsatib turibdi. Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, ayollarni zöravonliklardan himoya qiliş yölida hali köp iş qilinişi kerak böladi. Londondagi gigiyena va tropik tibbiyot maktabi xodimi Xaydi Stekl va uning hamkasblari sönggi 20 yilda jahoning turli mamlakatlarida oiladagi zöravonliklarni örganib, tahlil qilişdi. Ular 169 mamlakatdagi xotin-qizlarning ölimi bilan boğliq 500 mingta işni örganib çiqişdi. Ma'lum bölişiça, yer yuzidagi har yettitadan bitta qotillik oilada yuz beradi. Şundan 38 foizidan köproği erkaklar aybi bilan sodir etiladi. Ayollar atigi 6 foiz hollarda öz turmuş örtoqlarini öldirgani aytiladi. Eng qiziği oilaviy zöravonliklar eng köpi Ğarb va Janubiy-Şarqiy Osiyodagi iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlarda qayd qilinadi. Ayollarga nisbatan oilaviy zöravonliklar eng köp miqdorda Afrika qit'asida ham kuzatiladi. Bu qit'a mamlakatlarida istiqomat qilayotgan ayollarning 45,6 foizi zöravonliklardan aziyat çekadi. Yevropa mamlakatlarida bu körsatkiç örtaça 27,2 foizni taşkil qiladi. Bu iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda ayollar xavfsiz hayot keçiradi, degan ma'noni anglatmaydi. Yuqori daromadga ega mamlakatlardagi ayollarning har uç nafaridan biri (32,7 foizi) öz hayotida bir marta bölsa ham zöravonliklar bilan töqnaş keladi. Biroq, olimlar bu nisbiy körsatkiç ekanini, aslida oilaviy zöravonliklar asosida yuz beradigan qotilliklar ança köp ekanini aytişadi. Çunki statistikada ölim nima asosida yuz bergani köp hollarda aytilmaydi.







