Hozirgi kunda deyarli har bir insonda smartfon yoki planşetlar bor bölişiga qaramay, köpçilik eslatma, yozuvlar yoki rasmlar uçun an'anaviy yon daftarçalardan foydalanişni afzal köradi. Ammo barça varaqlar tölib bölgaç, uni taşlab yuborişga majbur bölamiz va yangisini sotib olamiz.
Biroq raqamli Rocketbook Wave daftari bilan endi yangi kundaliklar uçun pul sarflamasak ham böladi. Varaqlardagi yozuvlar iliq havo bilan işlov berilgandan söng izsiz yöqoladi. Buning uçun fen yoki mikrotölqinning issiq havosi asqotadi. Agar Rocketbook Wave’dagi yozuvlar katta ahamiyatga ega bölsa, ularni dasturiy ta'minot yoki mobil qurilmalardagi kamera yordamida raqamlaştiriş mumkin. Har bir betdagi 9ta maxsus belgilardan iborat qr-kodli imkoniyatlar tufayli foydalanuvçi özining qimmatli yozuvlarini saqlaşi mumkin böladi. Ular ma'lumotlarni (Google Drive, Evernote va boşqalar) kiritişga möljallangan servis hisoblanadi. Yon daftarçalarda yozuvlarni qoldiriş uçun dasturçilar maxsus termoxromatik siyohli Pilot Frixion ruçkalarini işlatişni tavsiya etişdi. Ularni öquv qurollari dökonidan harid qiliş mumkin. Rocketbook Wave’ni Kickstarterda 27 dollarga sotib oliş mumkin.











