Fransiyada yaratilgan sun'iy oşqozonosti bezi apparati tibbiy sinovdan ötkazilmoqda. U 1-darajali qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga möljallangan bölib, qonda qand miqdorini avtomatik ravişda nazorat qiliş va insulin inʼeksiyasini qiliş imkonini beradi.
1-darajali qandli diabetdagi giperglikemiya (qonda glyukoza miqdorining oşib ketişi) oşqozonosti bezidagi β-kataklarining halok bölişi bilan boğliq, bu esa öz örnida butkul insulin yetişmovçiligiga olib keladi. Bunday holatda bemorlar qand miqdorini doimo nazoratda uşlaşlari şart. Yagona davolaş usuli - insulin terapiyasi.
Yangi apparat Diabeloop nomini olgan bölib, butun jarayonni avtomatlaştiradi. Qurilma unça katta bölmagan quti körinişida bölib, uni oşqozonosti beziga joylaştiriladi. Diabeloop apparatiga Bluetooth-moduli örnatilgan, uni smartfon orqali boşqariladi. Bemor faqatgina insulin yuborişni yönaltirişi va taxminiy ovqatlaniş vaqtini belgilab bersa böldi.
Sun'iy oşqozonosti bezi apparati qondagi qand miqdorini mustaqil ravişda nazorat qiladi. Hozirgi kunda 1-darajali qandli diabetga duçor bölganlarning 15 nafari ustida mazkur tadqiqot olib borilmoqda. Aytiş joizki, olimlar ularning soni yanada ortişini ta'kidlaşmoqda. Agar bu tadqiqotlar muvaffaqiyatli yakun topsa, unda Diabeloop apparati 2017-yilning oxiridayoq sotuvga çiqadi. Ma'lumki, Fransiyada qurilma narxining bir qismi tibbiyot tomonidan suğurtalanadi.
Diabeloop mualliflari qurilmaning nafaqat bemorlar hayotini yengillaştirişiga, balki doimiy şifokor nazorati ostidagi bemorlar sonining qisqarişiga umid bildirmoqdalar.






