Sönggi bir neça haftadan beri Meizu kompaniyasining yangi flagman telefoniga oid turli xabarlar tarqalmoqda. Ammo hozirça Xitoy kompaniyasi Meizu Pro 6 taqdimotini qaçon ötkazişi sir bölib qolmoqda. Şunga qaramasdan, köpçilik taqdimot marosimi tez orada bölişini taxmin qilmoqda.

Nafaqat köplab miş-mişlar, balki şu kunlarda Meizu Pro 6 smartfonining internetda paydo bölgan suratlari bunga asosdir. Ulardan yangi flagmanning ayrim jihatlarini bilib oliş mumkin.

Demak, işlab çiqaruvçi gadjyetdagi ayrim elementlar joylaşuvini özgartirgan. Masalan, quloqçinlarning 3,5-mmli örni telefonning yuqori qismidan pastga ötkazilgan. Lazerli avtofokus va yoritqiç yagona modulga aylanib, asosiy kamera ostiga joylangan.

Yangi flagmanning texnik xususiyatlari borasidagi miş-mişlarga köra, Meizu Pro 6, 1920x1080 ölçamli diagonali 5,5 yoki 5,7 dyuymli ekran, 2-2,5 GGts tölqinda işlovçi MediaTek Helio X25 protsessori, 4 GB operativ xotira va 64 GB lik içki örnatilgan xotiraga ega böladi.

Bundan taşqari, Meizu ning asosiy kamerasi 21-megapikselga aylanadi. Unda şuningdek, barmoqlar skaneri va 3 500 mAç quvvatli akkumulyator örnatiladi.