Birinçi Dubay opera teatri joriy yilning sentabr oyida öz faoliyatini boşlaydi, deb xabar beradi Emaar Properties quriliş kompaniyasi. Barça beton bilan boğliq işlar nihoyasiga yetkazilgan, tom töliq örnatilgan va ayni damda elektromexanik, binoning old qismi va bezak işlari amalga oşirilmoqda.
Ikki mingdan ortiq tomoşabinni siğdira oluvçi Dubai Opera binosi butun boşli Opera District tumanining markaziga aylanadi. Bino loyihasi yaratuvçilari fikriça, yangi teatr Downtown Dubai şahrining yangi taniqli, köngiloçar madaniyat markazi bölib xizmat qiladi. Opera binosining dizayni Dubay kemasozlik tarixidan ilhomlanib yaratildi. Arxitektorlar uçun arablarning an'anaviy dou qayiği asosiy ilhom manbai böldi. Imoratning zamonaviy imkoniyatlari binoni teatr, konsert maydoni va ziyofatlar zali sifatida işlatişga xizmat qiladi.






