Janubiy koreyalik faollar Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga 50 ming taşviqot qoğozlarini tarqatib yuborişdi.
"KXDR rahbari boşqaruv tuzumini qoralovçi varaqalar bir neça havo şarlari orqali mamlakat ustiga soçib yuborilgan", deb xabar beradi Reuters.
Fevral oyining avvalida KXDR Janubiy Koreya ustidan hojatxona iflos qoğozlari va tamaki qoldiqlari töldirilgan xaltalarni havo orqali taşlagan edi.
6 yanvar kuni Şimoliy Koreya vodorod bombasining muvaffaqiyatli tajribasi haqida ma'lum qilgan, şundan söng, mamlakatlar aro nizo keskinlaşib ketgandi.
Bu amaliyotni nafaqat Janubiy Koreya, balki boşqa köplab davlatlar va xalqaro taşkilotlar qattiq qoralab çiqqandi.






