Samsung Xitoy bozori uçun möljallab çiqargan yangi smartfon Galaxy A9 smartfonining yaxşilangan versiyasi Galaxy A9 Pro ekanligi ma'lum böldi. Smartfon 6 dyuymli, 1920x1080 pikselli Super AMOLED-displeyi, 1,8 GGts takt çastotasiga ega 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 652 protsessori, 4 Gb tezkor xotira va 32 Gb li içki xotira bilan jihozlangan.

Qurilma, şuningdek, 5000 mA-soat siğimli akkumulyator, ikkita SIM-karta uçun raz'yom (slotlardan biri gibrid bölib, microSD xotira kartasi bilan birgalikda işlatilişi mumkin), 16 Mp li asosiy va 8 Mp li frontal kamera bilan jihozlangan. Smartfon Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimi va TouchWiz UI dasturi ostida işlaydi.
Standart Galaxy A9 narxi öz vaqtida 487 dollarga yaqin baholangan. Yangi smartfon bir oz qimmatroq – 549 dollarga yaqin turadi. Smartfon puşti, puşti-tillarang va oq rangli korpuslarda taklif qilinadi.






