Italiyada 13 nafar bemorning ölimiga sababçi deb gumon qilinayotgan hamşirani qölga olişdi. Bu haqida ANSA agentligi xabar beradi.

Hibsga olingan 55 yoşli Fausta Bonino Pombino şahri (Toskana hududi)dagi şifoxonaning anesteziologiya va reanimatologiya bölimida faoliyat yuritib kelgan.
2014-2015 yillar orasida 61 yoşdan 88 yoşgaça bölgan bemorlar hamşira osma ukol orqali yuborgan dorilar natijasida olamdan ötgan.

Ma'lumotlarga köra, bu dori – antikoagulyant bölib, u bemorlarda kuçli qon ketişini yuzaga keltirgan.

Politsiya bir neça oy davomida gumondor şaxslarni kuzatib yurgan. Huquq-tartibot idoralari şifoxona statistikasi bilan tanişib çiqgaç, Boninoga köproq e'tibor qarata boşladi. Ularda kiçik kasalxona uçun ölim darajasi haddan ziyod yuqoriga kötarilgani şubha uyğotdi.

Tadqiqotlar natijasida barça bemorlar ölimida Boninoning qöli borligi aniqlandi.