UYeFA rasmiy saytida Ukrainaning «Dnepr» jamoasi keyingi 3 yil davomida 1 yil muddatga yevrokuboklarda iştirok etişdan mahrum qilingani haqida rasman e'lon qilindi.

Şunday jazo Bokuning «Inter» va ruminlarning «Tirgu-Mureş» jamoalariga nisbatan ham qöllangan.

Qayd etilişiça, bu jamoalar keyingi 3 mavsum davomida yevrokuboklarda qatnaşişni ta'minlovçi örinlarni egallasa, 1 yilni yevrokuboksiz ötkazadi.

Bu qarorga jamoalarning öz futbolçilari va murabbiylaridan qarzdorligi sabab bölgan.

Qayd etiş kerakki, «Dnepr» jamoasi 2015 yilda Yevropa Ligasi finalida öynagandi. Joriy mavsumda dnepropetrovskliklar Ukraina çempionatining 19 turidan keyin 4-örinda bormoqda va bu örin Yevropa ligasida iştirok etişga imkon beradi.