Aktyor Tom Xiddlston ikkinçi marotaba Buyuk Britaniyaning milliy kino mukofotining (National Film Awards) sohibiga aylandi. Bu haqida The Hollywood Reporter naşri xabar berdi. Aktyor bu sovringa 2015 yilda taqdim etilgan “Baland bino” fantastik filmida öynagan roli uçun sazovor böldi. Ğolib qariyb uç million kişi ovoz berişi yöli bilan aniqladi.

“Yulduzlar jangi” filmidagi boş rollardan birini öynagan aktyor Jon Boyeyga esa yil kaşfiyoti sovrinini qölga kiritdi. Xuddi şunday sovrin
josuslar haqidagi "Kingsman: Maxfiy xizmat" deb nomlangan jangari filmdagi roli uçun Teron Ejyertonga ham taqdim etildi. Eng yaxşi ikkinçi darajali aktyor nomi şu filmda rol ijro etgan Semyuel L.Jyeksonga nasib etdi.

Kinematografiyada erişgan yutuqlari uçun faxrli sovrin Xelen Mirrenga topşirildi (“Qiroliça”, “Oxirgi yakşanba”, “Gosford-park”, “Yelizaveta I”).

Tom Xiddlston Gollivudning komikslar asosida suratga olingan “Tor” va “Qasoskorlar” filmidagi Loki ismli qahramonning rolini ijro etgani bilan maşhurdir. Uning taniqli filmlari – “Tungi administrator” seriali, “Töq qizil çöqqi” dahşat filmi va “Parijdagi yarim tun” komediyasi hisoblanadi.